Асосий вазифа

0
(0)

Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy, industrial rivojlanishi, kambag‘allikni qisqartirishning istiqbolli ustuvor strategik yo‘nalishlari, uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlar va hududlarni kompleks rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, iqtisodiyot tuzilmasini diversifikasiya qilish dasturlari asosida hududning sanoat salohiyatini va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

tegishli vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;

hududning tabiiy xom ashyo va mehnat resurslarini hamda “nisbiy ustunligi”ni inobatga olgan holda ularni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yo‘nalishlarni belgilab olish hamda amalga oshirish;

shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sig‘imlari hamda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojini prognoz qilish va shu asosda urbanizasiya ko‘lamlarini belgilash — mavjud shaharlarni kengaytirish yoki yo‘ldosh shaharchalarni yaratish yuzasidan takliflar tayyorlash;

agrar sektorda tuzilmaviy o‘zgartirishlar, qishloq xo‘jaligi xom ashyosini qayta ishlash sohalarini chuqur tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish;

hududlarda sanoat zonalarini tashkil etish, ularni joylashtirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

ilg‘or xorijiy tajribalar asosida hududlarni rivojlantirishning milliy metodologik asoslari va yondashularini ishlab chiqish va takomilashtirish.

Бу пост канчалик фойдали булди?

Бахолаш учун юлдузни босинг!